Ushbu siyosat QIDIR (qidir.co.uz) platformasi, uning Android va Windows ilovalari hamda Telegram boti uchun amal qiladi.
1Hamjamiyat va sinflar
Ommaviy chat, guruh va kanallardagi ismingiz va xabarlaringiz tizimga kirgan foydalanuvchilarga ko‘rinadi. Shikoyatlarni administrator ko‘radi. Yuborilmagan chat matni qurilmangizning joriy brauzer sessiyasida saqlanishi mumkin. Sinf topshiriqlari sinf a’zolariga ko‘rinadi; javob va baholarni javob egasi hamda sinf yaratuvchisi ko‘radi. Hisob o‘chirilganda hamjamiyat xabarlari ismsiz qoladi; xabarni oldindan o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin.
2Qanday ma’lumot yig‘amiz
- Hisob ma’lumotlari: ism, foydalanuvchi nomi, elektron pochta, telefon raqami, sinf va maktab (ixtiyoriy).
- O‘quv faoliyati: o‘tkazilgan tajribalar, o‘lchovlar, hisobotlar, test natijalari va XP.
- Texnik ma’lumotlar: kirish vaqti, IP manzil va brauzer turi — faqat xavfsizlik uchun (hisobingizga begona kirishni aniqlash).
- Murojaatlar: Yordam markaziga yuborgan xabar va fayllaringiz.
3Ma’lumotdan qanday foydalanamiz
- Hisobingizni yaratish va himoyalash;
- Natijalaringizni saqlash, hisobot va sertifikat tayyorlash;
- Telegram orqali parolni tiklash va bildirishnomalar;
- Xizmat sifatini yaxshilash (umumlashtirilgan, anonim statistika).
Biz ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uzatmaymiz.
4SHaxa AI va uchinchi tomon xizmatlari
SHaxa AI ga yozgan savollaringiz javob tayyorlash uchun OpenAI (ChatGPT) yoki Google (Gemini) xizmatlariga uzatiladi. Ularga ism, telefon yoki parolingiz yuborilmaydi. AI chatga shaxsiy ma’lumot (pasport, karta raqami, manzil) yozmang.
To‘lovlar Payme, Click, Uzum kabi litsenziyalangan to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi — karta ma’lumotlaringiz QIDIR serverida saqlanmaydi.
5Saqlash va himoya
- Parollar bcrypt bilan xeshlanadi — ularni hatto administrator ham ko‘ra olmaydi;
- Maxfiy kalitlar AES-256-GCM bilan shifrlanadi;
- Barcha aloqa HTTPS orqali;
- Kirishlar jurnali va shubhali faollikni cheklash (rate limit).
6Bolalar maxfiyligi
QIDIR maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-ona yoki o‘qituvchi roziligi bilan ro‘yxatdan o‘tishi tavsiya etiladi. Ota-ona bolaning hisobidagi ma’lumotlarni ko‘rish yoki o‘chirishni so‘rashi mumkin.
7Sizning huquqlaringiz
- Ma’lumotlaringizni Profil bo‘limida ko‘rish va o‘zgartirish;
- Faol sessiyalarni ko‘rish va boshqa qurilmalardan chiqish;
- Hisobni butunlay o‘chirish (Kabinet → Hisobni o‘chirish);
- Ma’lumotlaringiz nusxasini so‘rash — Yordam markazi orqali.
8Cookie (kuki) fayllar
Biz faqat zarur kukilardan foydalanamiz: sessiya, xavfsizlik (CSRF) va mavzu (yorug‘/qorong‘i). Kuzatuvchi reklama kukilari ishlatilmaydi.
9O‘zgarishlar
Siyosat yangilansa, bu sahifadagi sana o‘zgaradi va muhim o‘zgarishlar haqida saytda xabar beramiz.
Savollar bo‘lsa: Yordam markazi yoki info@qidir.co.uz.