Ossillograf nima?
Ossillograf — elektr signalining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ekranda ko‘rsatuvchi asbob. Gorizontal o‘q — vaqt, vertikal — kuchlanish. U elektronika muhandisining «ko‘zi»: signal shakli, chastota, amplituda, shovqin va buzilishlarni ko‘rish mumkin.
Ekran va ruchkalar
- Ekran to‘ri — 10 gorizontal va 8 vertikal katak (division).
- VOLT/DIV — bitta vertikal katak necha voltga teng (vertikal sezgirlik).
- TIME/DIV — bitta gorizontal katak qancha vaqt (yoyilma tezligi).
- TRIGGER (sinxronlash) — tasvirni «to‘xtatib» turadi: chizish signal belgilangan sathdan ko‘tarilib o‘tganda boshlanadi.
- POZITSIYA — nurni yuqori-pastga siljitadi.
O‘lchash formulalari
Misol: bir davr 4 katak, TIME/DIV = 0,5 ms → T = 2 ms, ν = 500 Hz. Amplituda 2 katak, VOLT/DIV = 1 V → U_max = 2 V, U_ef ≈ 1,41 V.
Lissaju figuralari
XY rejimida bir signal nurni gorizontal, ikkinchisi vertikal og‘diradi. Chastotalar nisbati butun sonlar nisbati bo‘lsa, ekranda turg‘un figura chiqadi. Teng chastotada faza 0° — to‘g‘ri chiziq, 90° — aylana (ellips). 1:2 nisbatda — «sakkiz» shakli. Figura qirralarining soni chastotalar nisbatini bildiradi — shunday qilib noma’lum chastotani aniq o‘lchash mumkin.
Tajriba tartibi
- Sinus, 500 Hz, 2 V. TIME/DIV ruchkasini burab ekranda 2–3 davr ko‘rinadigan qiling.
- Sariq vertikal kursorlarni ketma-ket ikki cho‘qqiga qo‘ying — ΔT va 1/ΔT ni o‘qing. «O‘lchash».
- Gorizontal kursorlar bilan cho‘qqidan-cho‘qqigacha kuchlanishni o‘lchang.
- Chastotani 200, 1000, 2000, 4000 Hz ga o‘zgartirib takrorlang.
- 2-kanal va XY rejimni yoqing: f₂/f₁ = 1, 2, 1,5 va faza 0°, 90° da figuralarni chizib oling.